So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12212.07
    • RUB 127.16
    • EUR 12992.42
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Xizmat vazifasini ado etayotganida mardlarcha halok bo‘lgan mayor Elyor Choriyev xotirasiga bag‘ishlanadi

    08.05.2018, 12:23 89064

    “Xalq so‘zi” gazetasida o‘z xizmat burchini ado etayotgan paytda qahramonlarcha halok bo‘lgan mayor Elyor Choriyev xotirasiga bag‘ishlangan maqola chop etildi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Elyor Choriyev 1984-yil 23-martda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. Shu tumandagi 15-maktabni bitirgach, 2002—2006-yillarda Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtida tahsil olgan. 2016-yilgacha Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2016-yil 18-oktabrda Farg‘ona viloyati hududida navbatdagi jangovar topshiriqni bajarish chog‘ida “MI 171 Ye” vertolyotining halokatga uchrashi oqibatida vafot etgan.

    El-u yurt xavfsizligini ta’minlash, o‘z xizmat burchini bajarishda ko‘rsatgan mardligi, fidoyiligi uchun mayor Elyor Choriyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko‘ra vafotidan so‘ng “Jasorat” medali bilan taqdirlangan. Elyorning bolaligidan intizomli bo‘lib o‘sgani, har bir narsada tartibni saqlashga o‘rgangani ulg‘aygach kasb tanlashida ham namoyon bo‘ldi. U o‘z oldiga harbiy bo‘lishni qat’iy maqsad qilib qo‘ydi.

    “O‘g‘limning bu kasbni tanlashida akasining ham o‘rni bo‘lgan, deb o‘ylayman. U ayni vaqtda mamlakatimizdagi harbiy qismlardan birida aviatsiya bo‘linmasida xizmat qilyapti. Umuman, qarindoshlarimiz orasida olti nafar harbiy xizmatchi bor va turli unvonlarga ega. Elyorjon ham bu yo‘ldan borib, el-u yurtimiz tinchligi uchun jonini fido etdi”, — deydi Elyorning otasi Ahmad Choriyev.

    Elyor yoshligidan kurash bilan jiddiy shug‘ullandi, yaxshigina chavandoz bo‘ldi va xalq o‘yini ko‘pkarilarda qatnashdi. U ayniqsa fizika, matematika fanlarini chuqur o‘rganardi. Fanlar bo‘yicha olimpiadaning viloyat bosqichida g‘olib bo‘lib, respublika finalida ham qatnashgan. Bu unga zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishda qo‘l keldi, chunki bugungi armiyani busiz tasavvur qilish qiyin. Elyor Choriyevning ilm olishga, o‘z ustida ishlashga bo‘lgan ishtiyoqi unga ota-onasidan o‘tganini, ularning ikkalasi ham o‘rta maktabni oltin medal bilan bitirishganini faxr bilan aytib yurardi.

    “Harbiy qasamyod qabul qilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirga taklif etishgan o‘sha baxtli kun hamon ko‘z o‘ngimda. O‘g‘limning harbiy libos kiyib, o‘z Vatani va xalqiga sadoqat bilan xizmat qilish haqida qasamyod qilgani meni to‘lqinlantirib yuborgandi. Uning qadamidagi shiddat, ovozidagi o‘ktamlikni ko‘rib, ortimda shunday katta suyanch borligini his etganman. Elyorjon mamlakatimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini saqlash yo‘lida halok bo‘ldi. Aslida, Vatan ham shunday er yigitlarga suyanar ekan”, — deydi Elyorning onasi Gulnora Po‘latova.Elyor Choriyevning harbiy bilim yurtida jangovar tayyorgarlik, harbiy xizmat sirlarini chuqur o‘zlashtirishda yuqori natijalarga erishgani uchun unga shu yerda ishga qolish taklif etildi. Haqiqiy ofitser xizmatni armiya hayotidan boshlashi kerak, deb hisoblagan Elyor harbiy qismni ma’qul ko‘rdi. Uni Surxondaryo viloyati hududida joylashgan chegara qo‘shinlariga yuborishdi. Harbiy sohada birin-ketin muvaffaqiyatlarga erisha boshlagan yosh ofitserga eng mas’uliyatli vazifalarni ishonib topshirishar edi. Xizmat davrida hayotidagi baxtli voqea ham yuz berdi. U Sadoqat ismli qizga uylandi. Ismi jismiga monand rafiqasi avval qiz, so‘ng o‘g‘il farzandni dunyoga keltirib, sadoqat bilan harbiy xizmatchining murakkab faoliyatidagi o‘ziga xos qiyinchiliklarni birgalikda boshdan kechirdi.

    “Elyor akam juda g‘amxo‘r, sadoqatli turmush o‘rtoq edi. Turmush o‘rtog‘im Vatan oldidagi burchini ado etib halok bo‘ldi. Farzandlar ham otasining qahramonligidan chinakam iftixor tuyg‘usini tuyadi. Sakkiz yoshli Gulsanam shifokor bo‘lishni orzu qilsa, olti yoshli Mironshoh kelajakda harbiy bo‘lmoqchi ekanini aytadi. Choriyevlar oilasida bolalar, qaysi kasbni tanlashidan qat’iy nazar, o‘z yurtining munosib fuqarosi bo‘lishiga ishonadi”, — deydi Sadoqat Rahmatova.

    “Choriyevlar oilasi hamisha barchaga namuna bo‘lgan. Elyorning ota-onasi unga yaxshi tarbiya berishgan. U kattalarning hurmatini joyiga qo‘yar va buni biz boshqalarga o‘rnak qilib ko‘rsatar edik. Taqdir ekan, hayotdan juda erta ketdi”, — deydi “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Yunus Mirzayev.

    Elyor o‘quvchilik davridayoq yetakchilik qobiliyati bilan ajralib turardi. U bilim olishda qiynalmasdi. Ajoyib sportchi va turli tadbirlarni o‘tkazishda mohir tashkilotchi edi. Ana shu xislatlari uchun uni nafaqat sinfdoshlari, balki pedagoglar ham yaxshi ko‘rardi. Ona tili bilan bir qatorda rus tilini yaxshi bilardi, bu muloqotga kirishish uchun juda asqotdi”, — deydi Pastdarg‘om tumanidagi 15-maktabning rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi Eshmurod Boymurodov.

    Elyor Choriyev tug‘ilib o‘sgan uyda, alohida xonada qahramon xotirasiga bag‘ishlangan burchak jihozlangan. Bu yerda uning o‘quvchilik davridagi, armiyadagi va oiladagi hayoti aks etgan fotosuratlar qo‘yilgan. Bu xonaga uning sinfdoshlari, do‘stlari tez-tez kelib turadi. Xizmat burchini ado etish paytida halok bo‘lgan Elyor Choriyev bilan nafaqat ota-onasi, turmush o‘rtog‘i va sinfdoshlari, balki ustozlari va hamqishloqlari ham faxrlanadi. Uning oilasidan xabar olish uchun chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi vakillari, mahalliy hokimiyat va jamoat tashkilotlarining xodimlari tez-tez kelib turadi. Oilasiga pensiya tayinlanib, yangi uy ajratilgan. Zero, xalqimiz o‘z qahramonlarini, Vatan tinchligi va osoyishtaligi, gullab-yashnashi uchun jonni fido etgan insonlar xotirasini aziz tutadi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xanchjou—2022. Murodjon Yo‘ldoshev Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi

    Bugun, 14:22

    Qozog‘istonda xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

    Bugun, 14:10

    Vengriyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

    Bugun, 13:58

    O‘zbekistonda ko‘kyo‘tal kasalligi bo‘yicha epidemiologik vaziyat haqida ma’lumot berildi

    Bugun, 13:52

    Nima sababdan chaqaloqlar tunda yaxshi uxlamaydi?

    Bugun, 13:44

    Novey kompaniyasi rebrending o‘tkazdi. Kompaniyani qanday o‘zgarishlar kutmoqda

    Bugun, 12:00

    Toshkent shahrida salkam 4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi

    Bugun, 13:38

    Uy interneti Beeline mobil tarmog‘i orqali

    Bugun, 13:30
    Reklama

    Toshkentda kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quv va ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi

    Bugun, 13:29

    “Britni janob Spirsga qarshi”: Shou-biznes yulduzlarining shov-shuvli hayoti haqidagi hujjatli filmlar

    Bugun, 12:57

    Qonunchilik palatasi va Senatga o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolati berilmoqda

    Bugun, 12:47

    Tavsiya etamiz

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    22:00 / 24.09.2023

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Instagram: Luiza Rasulova Istanbuldan uy oldi, Yulduz Usmonovaning mum haykali ochildi, Rayhonning “Humo arena”dagi konserti qoldirildi

    22:00 / 24.09.2023

    O‘zbekistonda 25-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘ladi?

    10:00 / 24.09.2023

    Zelenskiyning qo‘riqchisi Nyu-Yorkda mushtlashdi — OAV (video)

    23:00 / 24.09.2023

    “Putin atrofidagilar bosib olingan hududlardan qo‘shinlarni olib chiqishni o‘ylamoqda” — siyosatchi

    19:00 / 24.09.2023

    Toshkentda poyezd ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni tok urdi

    09:00 / 24.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?