Rossiyada 2018-yil may oyidagi eng arzon chet el avtomobillari reytingi e’lon qilindi, deb yozadi “Publika.uz”. Ekspertlar ro‘yxatga to‘rtta avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyaning beshta modelini kiritdi.
Reytingda O‘zbekistonda yig‘iladigan Ravon R2 avtomobili yetakchilik qildi. 2018-yilda konveyerdan chiqqan avtomobil narxi 489 ming rubl (taxminan 7800 dollar)dan boshlanadi.
Ikkinchi o‘rinda Yaponiyaning Datsun on-DO sedani joylashdi: 2017-yilgi avtomobil narxi 444 ming rubl (7100 dollar), 2018-yilgisi 451 ming rubl (7200 dollar)dan boshlanadi.
Undan keyingi pog‘onani yana bir o‘zbek modeli — Ravon Nexia egalladi, uning narxi 449 ming rubl (7180 dollar)dan boshlanadi.
Izoh (0)