• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident davlat maslahatchisi tuhmat bilan qamalgan kapitanni lavozimiga qayta tikladi

    “XXI asr” gazetasining navbatdagi sonida “Tosh qattiqmi, bosh?” sarlavhali maqola e’lon qilindi. Unda Prezidentning Davlat maslahatchisi o‘tkazgan sayyor qabuldan so‘ng oqlanib, lavozimiga qayta tiklangan ichki ishlar xodimi xususida so‘z boradi. “Xabar.uz” shu maqolani ayrim qisqartirishlar bilan havola etdi.

    Foto: “XXI asr” gazetasi

    Foto: “XXI asr” gazetasi

    Bolalikdagi orzular ro‘yobi

    Bahriddin Xolmurodov 1983-yil 25-oktabrda Karmana tumani Madaniyat qishlog‘ida oddiy oilada tug‘ildi. Otasi Erkin Xolmurodov ­– quruvchi, onasi Sarvar G‘afforova esa o‘qituvchi. To‘rt o‘g‘ilni voyaga yetkazayotgan bu insonlarga barchaning havasi kelardi. Shunday oilada tug‘ilgan Bahriddin maktabda o‘qib yurgan paytlaridayoq tartibli, intizomliligi bilan tengdoshlaridan ajralib turardi. U doim ichki ishlar xodimi bo‘lishni, o‘z yurti, mahallasi, ota-onasi tinchligini saqlash yo‘lida xizmat qilishni orzu qilardi. O‘quvchilik yillari “Kasbim – faxrim” mavzusidagi insholarida ham shu niyati haqida ro‘y-rost yozardi. Shuning uchun uni o‘qituvchilari ham, do‘stlari ham “melisa” deb chaqirardi. Bundan faxrlanib, shu kasb egasi bo‘lish uchun tarix va huquqiy adabiyotlarni tinimsiz o‘qidi, sport bilan muntazam shug‘ullandi.

    Buni qarangki, intilish va izlanishlar maqsadga erishishga zamin yaratib, 2001-yili Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga o‘qishga kirdi. Orzulari ro‘yobga chiqayotganidan o‘zi bir quvonsa, ota-onasi ming quvondi. Karmananing chekka bir qishlog‘idagi oddiy oila farzandining shunday nufuzli dargohga o‘qishga kirishining o‘zi katta baxt edi. Bunday imkoniyatdan unumli foydalangan yoshgina yigit ichki ishlar organlarining oliy dargohida ham yaxshi o‘qidi, kasb sirlarini mukammal o‘rgandi. 2005-yili akademiyani muvaffaqiyatli tugatgan Bahriddin Navoiy shahar ichki ishlar bo‘limida ish boshladi. Xullas, 2005—­2013-yillar davomida shahar va viloyat ichki ishlar organlarida samarali mehnat qilib, jinoyatchilikning oldini olish, aholi tinchligini asrashda faol ishtirok etdi. Jamoa orasida obro‘-e’tiborga erishdi. Unvoni ham ko‘tarilib, kapitan bo‘ldi. Hammasi joyida ketayotgan edi...

    Tupuklab yopishtirilgan jinoyat

    2013-yil 20-yanvar kuni ichki ishlar organlariga kelgan tezkor ma’lumotlar asosida o‘tkazilgan tadbirda “Navbahor paxta tozalash” MChJ mansabdor shaxslari tomonidan kimyoviy ishlov berilgan 21 tonna iste’molga yaroqsiz, urug‘lik chigitning bir qismi yo‘q qilinmasdan g‘ijduvonlik juvozchilarga sotilgani fosh etiladi. Ushbu tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimi Bahriddin Xolmurodov ham ishtirok etgan. So‘ng bu masala yuzasidan to‘plangan hujjatlar surishtiruv ishlarini olib borish uchun viloyat ichki ishlar boshqarmasiga topshiriladi. Shundan keyin Bahriddin Xolmurodov bu masala bilan umuman shug‘ullanmagan. Qolaversa, 2013-yil 25-yanvardan mehnat ta’tilida bo‘lgan. Bu orada, ya’ni 2013-yil 28-yanvar kuni “Navoiypaxtasanoat”da ishlovchi Vohid Qosimovdan ushbu noqonuniy xatti-harakatni “yopdi-yopdi” qilaman deb fuqaro Shuhrat Jo‘rayev 1000 AQSh dollari olayotganida viloyat milliy xavfsizlik xizmati va prokuratura xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. U tergov jarayonida pulni viloyat IIB xodimi Bahriddin Xolmurodov topshirig‘iga asosan olganman deb ko‘rsatma bergan. Ana shu gap asosida 2013-yilning 2-fevralida mehnat ta’tilidagi militsiya kapitani hibsga olindi.

    Uzoq davom etgan tergov jarayonida Bahriddin Xolmurodov o‘zining aybsizligi va bu ishga aloqador emasligini isbotlashga har qancha urinmasin, bari befoyda ketdi. Osmon uzoq, yer qattiq. Oradan to‘rt oy o‘tgach, ya’ni o‘sha yilning 3-iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudi sudyasi Z.Bobonov raisligida bo‘lib o‘tgan sud majlisida ham tergovdagi “yasama ssenariy” yana takrorlandi. Rostmi yoki yolg‘onmi, birgina ko‘rsatma tufayli yosh va qobiliyatli xodimning, qolaversa, bir insonning taqdiri osongina, xuddi xamirdan qil sug‘urgandek hal etildi. Sudya tergov xulosasidan chiqib, hech narsani o‘zgartira olmadi. Bahriddin Xolmurodov Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 3-qismining “b” bandi va 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatidan chetga chiqish) 2-qismi “v” bandi bilan aybli deb topilib, olti yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Adolatning boshi egildi. Mahkumning ota-onasi va bosh­qalarni qo‘ya turing, bu voqeadan to‘la xabardor bo‘lgan ichki ishlar xodimlarining ham ko‘nglida g‘ulg‘ula uyg‘ondi. Bitta odamning noto‘g‘ri va asossiz ko‘rsatmasi bilan inson taqdiri hal etilsa, haq-huquqlari poymol etilsa-ya?! Inson umidi va ishonchi o‘lmaydi, deganlari rost ekan. Adolat egilishi, bukilishi, lekin sinmasligiga ishongan Bahriddin Xolmurodov o‘zini yo‘qotmay so‘nggi so‘zida ham, panjara ortida Shavkat Rahmonning ushbu she’rini o‘qidi:

    ...Yuksakda bo‘lsa-da

    boshim egilgan,

    yuragim yig‘laydi, Baroko‘h tog‘im.

    Ko‘rib bo‘larmikan bu nokaslarning

    qora kursilarga o‘tirar chog‘in?

    Ammo to‘larmikin ko‘ngil shu bilan,

    shu bilan ketarmi xotirdan g‘ashlik,

    yuraklar kularmi,

    qularmi butkul

    shu bilan yuksakda o‘sgan pastkashlik?

    Agar men baqirsam, yorilar osmon –

    har damim olamning damin to‘zitar.

    Ammo Baroko‘hda boshim egildi,

    qarashga or qildim elning ko‘ziga...

    Ziyoli insonlarning farzandi bo‘lgani uchun yoshligidan adabiyot, she’riyatga qiziqqan, ayni damda tuhmat toshidan yelkasi va qalbi shikas­talangan o‘ttiz yoshli navqiron yigit shu satrlarni sud zalida o‘qidi!

    Oradan ko‘p o‘tmay, sudda ko‘rsatma bergan fuqaro Shuhrat Jo‘rayev ham u yashayotgan mahallaga borib, Bahriddinga tuhmat qilganini, uni ham kazo-kazolar shunday deyishga majburlashganini aytib, yaqinlaridan kechirim so‘ragan. Lekin o‘sha zamonlar buni eshitganlar eshitmaslikka, ko‘rganlar ko‘rmaslikka olgan...

    Adolat tantanasi

    Bahriddin Xolmurodov ikki yildan ortiqroq vaqt jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lganidan keyin, unga tayinlangan jazo 2015-yili axloq tuzatish ishlariga almashtirildi. O‘ziga nohaq qo‘yilgan ayblarni olib tashlash, toptalgan haq-huquqini tiklashni so‘rab 2015—2017-yillari viloyat, respublika miqyosidagi idoralarga qatnayverib charchamadi. Umid bitta–baribir adolat tantana qilishi kerak-ku! Uni bir tuhmat bilan sevgan ishidan ayir­gan, boshiga ming bir kulfatlar solgan, el-yurt oldida o‘zi va oilasining boshini eggan kimsalar taralla-bedod qilib yurishi hech ham aqlga sig‘maydi-da. Ming afsuski, qaysi amaldorga uchrashmasin, bir xil javob oldi: “Sizga to‘g‘ri ayb e’lon qilingan”. Har safar shu gapni eshitganida uning ko‘nglidan nimalar o‘tgani o‘ziga ayon. Tosh qattiqmi, bosh qattiq deganlaridek, Bahriddin hammasiga sabot va matonat bilan chidadi.

    Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qilinganida uning umidi uchqunladi, yuzi yorishdi. Yana deng, viloyat, tuman va shaharlarda Xalq qabulxonalari tashkil etilganida jamiyatda adolat epkinlari esayotganini his qildi. Adolat qabulxonalariga birinchilardan bo‘lib murojaat etdi.

    Davlat maslahatchisining sayyor qabulidan so‘ng

    – Oyning o‘n beshi qorong‘i bo‘lsa, o‘n beshi yorug‘ bo‘ladi, deb dono xalqimiz bejiz aytmagan ekan, – dey­di Bahriddin Xolmurodov. – Prezidentning Davlat maslahatchisi Tursinxon Xudoyberganov Navoiyga kelib, viloyat Xalq qabulxonasi mas’­ullari bilan birgalikda sayyor qabul o‘tkazdi. Ana shunda boshimdan kechgan ko‘rguliklarni batafsil tushuntirib berdim. Keyin menga nisbatan nohaqdan o‘qilgan hukm qaytadan ko‘rildi. Apellyasiya instansiyasiga raislik qilgan D.Atamuratov 2017-yil 16-noyabr kuni ishni ko‘rib chiqib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudining 2013-yil 3-iyundagi hukmini bekor qildi va menga qo‘yilgan ayblar olib tashlandi. Mening harakatlarimda jinoyat tarkibi bo‘lmagani bois Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan men reabilitatsiya qilish yo‘li bilan oqlandim. 66 million so‘mdan ziyod ish haqim undirilib, eski ish joyim va lavozimimga tiklandim. Xullas, adolat tantana qildi. Menga tuhmat uyushtirgan kazo-kazo tashkilotlardagi vallomatlar ham endi qonun oldida javob berishi kerak!

    06.05.2018, 10:10   Izoh (0)   151580
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chirchiqda kollej o‘quvchisi do‘kondan 5,5 mln so‘m o‘g‘irladi

    06.05.2018, 07:59

    Namanganda “Hadisi sharif bilimdoni” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

    06.05.2018, 07:43

    Toshkent shahar hokimligi Facebook’da sahifasiga ega bo‘ldi

    06.05.2018, 07:25

    Toshkent va Bishkek o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

    06.05.2018, 07:07

    O‘zbekistonda elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha xizmat muddati 5 ish kunigacha qisqartirildi

    06.05.2018, 06:45

    Diniy oqimlar ta’siriga tushib qolib, xorijga qochib ketgan ikki ayol O‘zbekistonga qaytdi

    05.05.2018, 23:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.