Twitter ijtimoiy tarmog‘ida aprel oyida o‘zining 69 yoshini nishonlagan Alla Pugachyovaning vafot etganligi haqidagi xabar paydo bo‘ldi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Unda “4-may kuni Alla Pugachyova vafot etdi”, deb yozilgan. Xabarda mashhur xonandaning o‘limiga yurak arteriyasining trombozi, sal keyinroq esa giyohvand moddalarning ko‘p miqdorda qabul qilinishi sabab bo‘lganligi haqida ma’lum qilingan. Go‘yoki ayni paytda Alla Pugachyovaning jasadi Moskva o‘likxonalaridan birida saqlanayotgan emish.
Mazkur xabar Alla Pugachyovaning muxlislarini dahshatga soldi. Biroq bu ma’lumotlar yolg‘on bo‘lib chiqdi. Chunki Alla Pugachyova bu xabardan keyin o‘zining Instagram sahifasiga o‘g‘li Garrining videosini joylashtirib, sog‘-salomat ekanligini isbotladi.
Izoh (0)