Hindistonda kuzatilayotgan qum bo‘roni qurbonlari soni 143 nafarga yetdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Mamlakat hukumati qurbonlar soni yana ortishi mumkinligini ma’lum qildi.
Qum bo‘roni Uttar-Pradesh, Rojaston, Uttarakxand va Panjobda 121 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Yana 21 kishi mamlakat janubida chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘lgan.
Tabiiy ofat tufayli Uttar-Pradesh va Rojastonda minglab insonlar o‘z uylarini tark etgan.
Izoh (0)