Amazon kompaniyasining asoschisi va bosh aksiyadori Jeff Bezos pullarni ishlab topishdan ko‘ra ularni qanday sarflashni o‘ylab topish qiyinroq ekanligini ma’lum qildi. Dunyoning eng boy odami so‘zlarini 2-may kuni Business Insider nashri keltirib o‘tdi.
Milliarderning aniqlik kiritishicha, uning tasarrufidagi moliyaviy resurslarni qanday sarflashni hal etish unchalik ham oson emas. “Buncha pulni restorandagi ikkinchi kechki ovqatga sarflay olmaysiz”, — deya ta’kidlaydi Bezos.
Uning so‘zlariga qaraganda, hozirgi paytda o‘z boyligini sarflashning eng samarali usuli ishlab topilgan vositalarni qayta investitsiya sifatida kiritishdir. Bezos kosmik kema ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Blue Origin kompaniyasini moliyalashtirish uchun har yili bir milliardga yaqin sarflaydi.
U pullarining bir qismini rafiqasi va to‘rt nafar farzandi bilan Norvegiyada o‘tkazgan ta’tilga sarflaganligini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)