Qonliko‘l tumani Qonliko‘l posyolka fuqarolar yig‘ini hududida tuman hokimligi va tadbirkor T.Sadiqov bilan tashkillashtirilgan “90-yillar muzeyi” foydalanishga topshirildi. Bu haqda tuman hokimligi xabar bermoqda, deb yozadi “KRuz.uz”.
“90-yillar muzeyi”ning birinchi tomoshabinlari tumanning yoshi ulug‘ nuroniylari, ta’lim va fuqarolar yig‘inlari rahbarlari hamda mediatur jurnalistlari bo‘ldi.
Muzeydagi eksponatlar, mustaqillikdan avvalgi hamda keyingi davrlarda foydalanilgan elektro texnika vositalari (televizor, kompyuter, kalkulyator, magnitafon, fotoapparat, audio hamda video dvd, telefonlar, avtoruchkalar va hokazo), 90-yil pochta xizmatining ishga tushishi alohida qiziqish uyg‘otdi.
Bolalik, yoshlik davrlari bilan oz fursat bo‘lsa-da birga bo‘lish, xotirlash imkonini yaratgan 700 dan ortiq eksponatga ega kichik muzey tashrif buyuruvchilarda chuqur taassurot qoldirdi.
Izoh (0)