Kanada parlamenti Rim Papasining mamlakatga kelishi va cherkovning o‘tgan asrda mahalliy aholiga nisbatan yomon munosabatda bo‘lgani uchun uzr so‘rashini talab qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Hindu maktab-internatlari to‘g'risidagi kelishuvga (2006-yil) asosan cherkov o‘z bo‘yniga olgan majburiyatlarini bajarishi talab qilindi. Kelishuvda cherkov maktab-internatlar o‘quvchilari uchun 25 million dollar yig’ib berishni va’da qilgan, biroq bu majburiyatni bajarmagan.
Shuningdek, deputatlar Kanadadagi hindu maktab-internetlariga oid hujjatlarning ommalashtirilishini talab qildi.
Izoh (0)