O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov va Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Puchon universiteti taklifi bilan Janubiy Koreyaga tashrif buyurdi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif 28-apreldan 1-mayga qadar davom etadi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Puchon universitetining 60 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiriga tashrif buyurdi. Marosimda Puchon universiteti, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘rtasida Toshkent shahrida Puchon universiteti filialini ochish to‘g‘risida uch tomonlama bitim imzolandi.
Ta’kidlanishicha, Puchon universiteti Janubiy Koreyaning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda OTMda 26 fakultet faoliyat yuritadi.
Izoh (0)