28-aprel kuni Toshkent shahrining Sergeli tumani Sputnik dahasida yashovchi 1981-yilda tug‘ilgan o‘g‘il oilaviy janjal oqibatida, o‘z otasining qorin qismiga hamda onasining ko‘krak va qorin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar beradi.
Natijada ota va ona olgan tan jarohatlari natijasida kasalxonaga yotqizilgan. Oqpadar farzand esa qo‘lga olinib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)