O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-aprel kuni Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosani Ozodlik kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) Afrika qit’asining janubiy qismida joylashgan davlat bo‘lib, shimol tomondan Namibiya, Botsvana va Zimbabve bilan, shimol-sharqdan Mozambik va Svazilend bilan chegaradosh. JAR hududining ichida Lesto anklav davlati joylashgan.
JAR Afrika qit’asidagi iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy etgan davlatlardan biridir.
Izoh (0)