Aprel oyi oxirida Rossiyaning bir nechta hududiga qish o‘z hukmini o‘tkazdi. Kirovda o‘tgan hafta oxirida qor yog‘a boshladi, dastlabki 36 soatdayoq 53 mm — oylik me’yorning deyarli 156 foizi yog‘di. Hozir komunnal xizmatlar yo‘llarni tozalamoqda, qor uyumlarini olib chiqib ketmoqda, biroq ular hamon shahar ko‘chalarida bor, deb yozadi National Geographic.
Ob-havoning keskin sovishi Skandinaviya shtorm siklonining harakatlanishi bilan bo‘g‘liq. U dastlab shimoli-g‘arbiy va Moskva mintaqalariga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, endi esa Uzoq Sharq va Ural federal okrugida qor yog‘moqda.
24-aprel kuni Yekaterinburgga deyarli yarim oylik qor yog‘di; bir smena oqshomida 500 tonnadan ortiq qor poligonlarga olib chiqib ketildi.
Izoh (0)