Kecha, 25-aprel sanasida Madridning “Real” jamaosi Yevropa Chempionlar Ligasining yarim finalidan o‘rin olgan Myunxenning “Bavariya”siga qarshi birinchi o‘yinda 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari kechagi uchrashuvda futbolchilar ham o‘zlarining individual ko‘rsatkichlarini yangilab, navbatdagi rekordlarni o‘rnatdi. O‘yin avvalida hisobda ortda borayotgan madridliklarning javob goliga 44-daqiqaga kelib Marselo mualliflik qildi. Bu orqali braziliyalik himoyachi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi uchrashuvlaridagi gollar sonini 7 taga yetkazib oldi. U bu borada jamoa sardori Serxio Ramosni ortda qoldirib (6 ta gol), himoyachilar orasida ko‘p gol urish borasida eng yaxshi to‘purarga aylandi.
Shuningdek, Krishtianu Ronaldu kechagi muvaffaqiyatdan so‘ng ushbu musobaqada 96-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Portugaliyalik futbolchi YeChLdagi g‘alabalar soni bo‘yicha Iker Kasilyasni (95) ortda qoldirdi va bu borada mutlaq rekordchiga aylanib oldi.
Izoh (0)