23-aprel kuni “Marvarid” bolalar studiyasi Turkiya davlatida bo‘lib o‘tayotgan 40-xalqaro bolalar festivalida ishtirok etdi. Bu haqda “Marvarid” bolalar studiyasi vakillari “Daryo”ga xabar berdi.
Turkiya teleradiokompaniyasi (TRT) tomonidan tashkilashtirilgan ushbu festival har yili 23-aprel sanasida milliy mustaqillik va bolalar bayrami sifatida bo‘lib o‘tadi.
“O‘zbekistonlik bolalar milliy kiyimlar bilan ijro etilgan raqslari orqali festival tashrifchilari va ishtirokchilarinig olqishlariga sazovor bo‘ldi. An’anaga aylangan ushbu festivalda 40 ta davlatdan 800 ga yaqin bolalar ishtirok etdi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)