Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 23-aprel kuni Toshkentga davlat tashrifi bilan keldi. “O‘zbekiston 24” telekanalining xabar berishicha, “Toshkent ko‘chalarida yurtdoshlarimiz turkmanistonlik oliy martabali mehmonni katta quvonch va mamnuniyat bilan kutib oldi”.
Telekanal muxbirlari ularning bir guruhi bilan suhbatlashgan. Intervyu bergan talabalardan biri, jumladan, shunday deydi: “Bunday tashriflar ko‘p bo‘lsin. Biz yoshlarni chaqirishsa, ko‘nglimizdan chiqarib, xursandchilik bilan kelib, prezidentlarimizni kutib olishga tayyormiz”.
Izoh (0)