Marhum pop-musiqa qiroli Maykl Jeksonning mashhur “Oy yurishi”ni birinchi marta namoyish qilgan oyoq kiyimi 26-may kuni Kaliforniyadagi kimoshdi savdosida sotuvga qo‘yiladi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Florsheim Imperial kompaniyasining qora charmdan ishlangan loferini Maykl Jekson Billie Jean repetitsiyasi vaqtida kiygan. O‘shanda qo‘shiqchi mashhur “Oy yurishi”ni birinchi marta ijro etgan”, — deyiladi GWS Auctions auksion uyi saytida.
Oyoq kiyim poylaridan biriga “Michael #2” belgisi tushirilgan. Unga mashhur xoreograf va raqqos Lester Vilsonning xati ilova qilinadi, unda Jekson bu tuflini repetitsiyadan keyin unga sovg‘a qilgani aytiladi.
Poyabzalning boshlang‘ich narxi — 5 ming dollar.
Izoh (0)