Skandinaviya mamlakatlari — sayohatchilar uchun haqiqiy jannat. Qishki sehrgar Santa-Klaus aynan shu yerda yashaydi, Mumi-trollning uyi ham shu yerda joylashgan. Bu shimoliy hududlarning landshafti esa filmlar dekoratsiyasining ayni o‘zginasi, deb yozadi TravelAsk.
Ularning o‘ziga xos jihati — yam-yashil tomlar. Bu yerda bunday uylar ko‘p asrdan buyon qurib kelinadi. Uylarni “ko‘kalamzorlashtirish”ning bu an’anasi qayerdan paydo bo‘lgan?
Skandinaviya mamlakatlarida iqlim juda keskin, kuchli shamol esadi, tez-tez dovullar yuz beradi, shuning uchun turar-joy maksimal darajada issiq bo‘lishi kerak. Hozir bu an’ana qayerdan kelib chiqqanini hech kim eslamaydi ham, ma’lum bo‘lishicha, bu uyni ob-havoning turli sharoitlaridan asrashning ajoyib usulidir. Tomdagi o‘tlar uyni sovuqdan himoya qiladi, shuningdek, yozgi issiqda qizib ketishdan asraydi, yomg‘irda suvni yutib, mikroiqlimni ta’minlaydi.
Bunday qoplamning yagona salbiy tomoni — og‘ir vazn. U quruqligida 50 kilogramm bo‘lsa, yomg‘irdan so‘ng uning og‘irligi 90 kilogrammgacha oshishi mumkin. Bu kichkina uylar qanchalik mustahkam qurilganligini tasavvur qilish qiyin emas.
Qolaversa, ular takrorlanmas darajada maftunkor!
Izoh (0)