• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” surishtiruvi: Rishtonda 1000 dan ortiq xonadon egalari ariq suvini ichishga majbur bo‘lmoqda

    Rishtonda 1000 dan ortiq xonadon egalari ariq suvini ichishga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Aziz Ermatov ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Tumandagi To‘qay, Chetmozor, Qahramon, Qum, Oqtomir mahallalarida yashovchi aholi va maktab o‘quvchilari toza ichimlik suvi yo‘qligi uchun yillar davomida ariq suvini iste’mol qilib kelmoqda. “Oq tomir” mahalla fuqarolar yig‘inidan olingan ma’lumotga ko‘ra, fuqarolar yig‘ini tarkibidagi 18 ta ko‘cha, 713 xonadon va 2 ta maktab toza ichimlik suviga muhtoj.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “65 yoshga kirdim. To‘qay, Chetmozor, Qahramon, Qum, Oqtomir mahallalarida ichimlik suvi yo‘q, faqat mana shu hovuz bor. Hovuzdagi suvni tindirib ichyapmiz. Boshqa suv yo‘q. Umuman qo‘l yuvishga ham yaroqsiz aslida bu suv. Lekin majburmiz uni ichishga. Bu masalada yordam so‘rab bormagan joyim qolmadi. Tuman hokimining qabuliga necha marta kirdim. Natija yo‘q. Yaqinda ishchi guruhi kelib, o‘rgandi. Eski suv tarmog‘i o‘rnini kovlab ketishdi. Besh-o‘n kun kutdik. O‘zgarish bo‘lmadi. Keyin yosh bolalar chuqurga tushib ketmasin deb o‘zimiz qaytadan ko‘mib qo‘ydik,” – deydi Farovonlik ko‘chasi, 7-uyda yashovchi Bakir Po‘latov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Har uch-to‘rt kunda suvni chiqarib tashlab, hovuzni tozalab turaman. Bu shu atrofdagi eng yaxshi hovuz. Boshqa hovuzlardagi suvning sifati bundan ham yomon. Mashinam borligi uchun boshqa qishloqdan toza ichimlik suvi olib kelaman. Transporti yo‘q qo‘shnilarimiz esa shu suvdan ichishga majbur. Toza ichimlik suvi bor eng yaqin qishloq ham 5 – 6 kilometr masofada joylashgan,” – deydi shu ko‘chada yashovchi Abdusalom Haydarov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mahalladagi har bir ko‘chada mana shunday hovuzlar bor. Katta Farg‘ona kanalidan nasoslar yordamida olingan suv mahalliy ariqlarga tushadi. Yo‘l-yo‘lakay bu suv fermer xo‘jaliklarining dalalaridan o‘tadi (eng achinarlisi, unga qishloq xo‘jaligida qayta ishlangan oqava suvlar, turli mineral o‘g‘itlar aralashadi) va aholi tomonidan kovlangan maxsus hovuzda to‘planadi. Suv tindirilgach, iste’mol qilinadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bu suv iste’molga yaroqlimi? Uning inson salomatligiga xavfi yo‘qmi? Shu savollar bilan tuman davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi rahbariga murojaat qildik.

    “Nafaqat bu hovuzdagi, balki barcha ochiq suv havzalaridagi suv ichish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Chunki ularning tarkibida turli kasallik qo‘zg‘atuvchi vositalar bo‘lishi mumkin. Biz bu bo‘yicha aholiga tushuntirganmiz. Qolaversa, bu hududga jadval asosida maxsus mashinalarda toza ichimlik suvi tarqatiladi. Hozir aholi shu suvdan iste’mol qiladi, hovuzdan emas. Oxirgi ikki yil ichida tumanimizda toza ichimlik suvi bo‘yicha juda katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Toza ichimlik suvi yetib bormagan mahallalar deyarli qolmadi. Oqtomirga ham dastur asosida suv tarmog‘i tortish ishlari boshlangan. Tez kunda suv chiqadi u yerda ham,” – deydi tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi rahbari Inomjon Yunusov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Oqtomirliklarning aytishicha, muammoning yechimi ko‘p mablag‘ va mehnat talab qilmaydi. Chunki aksar ko‘chalarga ilgari suv tarmog‘i tortilgan. Faqat sifatsiz quvurlar ko‘milgani uchun ular bir marta suv kelishi bilan yorilib ketgan. Sifatsiz quvurlarni yangilariga almashtirish va ularni tarmoqqa ulash orqali odamlarni yillar davomida qiynab kelayotgan muammoni bir necha kun ichida hal qilsa bo‘ladi. Bu fikrni mutasaddilar ham tasdiqladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Bu muammodan xabarimiz bor. To‘qay mahalla hududida suv tarmog‘i tortilgan. Faqat ishlamagan. Ularni yangisiga almashtirish kerak. Hozir qazish ishlarini boshladik. Viloyatdan quvurlar ajratilsa, olib kelib o‘rnatamiz. Bir-ikki kunda bu mahallalarga suv kelishni boshlaydi,” – deydi tuman “Suvoqava” davlat unitar korxonasi bosh muhandisi Ma’rufjon Mavlonov.

    Oradan uch kun o‘tib, vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida biz mahalliy aholi vakillari bilan telefon orqali bog‘landik. Ularning aytishicha, ishlar o‘sha holida tashlab qo‘yilgan, hanuzgacha va’da qilingan quvurlar keltirilmagan...

    20.04.2018, 23:08   Izoh (0)   21171
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qandim gazni qayta ishlash majmuasi loyihasini amalga oshirish xarajatlari smetadan oshib ketmadi

    20.04.2018, 22:44

    Tulada 35 yoshli o‘zbekistonlik hamyurtini bo‘g‘ib o‘ldirdi

    20.04.2018, 22:17

    Respublika ishchi guruhi Qo‘qonda oyiga 168 ming so‘m nafaqa evaziga kun kechirayotgan ayolning sharoitini o‘rgandi

    20.04.2018, 21:55

    2018-yilning 1-choragida prokuratura organlariga kelib tushgan murojaatlardan 72 292 tasi hal etildi

    20.04.2018, 21:42

    Qozog‘istonda O‘zbekistonning MAN yuk mashinalari va avtobuslarini yig‘ish boshlandi

    20.04.2018, 21:31

    Pasport o‘rniga ID-karta, poraxo‘r o‘qituvchi va shifokorlar, amaldagi avtoraqam o‘rniga “xalqaro namunadagi” avtoraqam va kunning boshqa muhim xabarlari

    20.04.2018, 20:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25

    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi

    Reklama | 7 iyun, 18:00

    O‘zbekistonning 17 ta klubi OFK litsenziyasiga ega chiqdi

    Sport | 7 iyun, 18:04

    Shavkat Mirziyoyev xorijiy investorlar delegatsiyasini qabul qildi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 17:51

    Kelgusi hafta boshida ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 17:35

    Surxondaryoda YPX xodimlari qochishga uringan haydovchiga kuch ishlatdi (video)

    O‘zbekiston | 7 iyun, 17:00

    Ronaldu klublar o‘rtasidagi JCHda ishtirok etadimi? Futbolchining o‘zi bu haqda gapirdi

    Sport | 7 iyun, 16:33
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.