Yaponiyaning Kawasaki Heavy Industries korporatsiyasi O‘zbekistonda tabiiy gazdan benzin ishlab chiqarish bo‘yicha zavod quradi. Bu haqda Spot xabar bermoqda

Foto: Yahoo Finance

“Biz Yaponiya hukumati moliyaviy ko‘magida O‘zbekistonda GTG texnologiyasi bo‘yicha tabiiy gazdan benzin ishlab chiqaradigan zavod qurish masalasini ko‘rib chiqmoqdamiz”, — dedi korporatsiya vakillari. 

Kawasaki Heavy Industries delegatsiyasi loyihani birgalikda amalga oshirishni muhokama qilish uchun yaqin orada O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.