O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 13-aprel, juma kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi rejalashtirilgan. Bu haqda Prezidentning matbuot kotibi Komil Allamjonov Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Davlat rahbari sanoat korxonalari, madaniyat va sport majmualari bilan tanishishi, viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, shaharlar va yo‘llar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha yangi vazifalarni belgilab berishi kutilmoqda.
Izoh (0)