Jinoyat sodir etganlikda gumonlanib qo‘lga olingan fuqaroning onasi Toshkent shahar IIBBga murojaat etib, o‘g‘li Sergeli tuman IIB FMB xodimlari tomonidan kaltaklangani yuzasidan shikoyat qildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ayolga bu haqda o‘zini tanishtirmagan shaxs telefon orqali ma’lum qilgan.
Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida Jinoyat kodeksining 168-moddasida qayd etilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib qo‘lga olingan fuqaroning kaltaklangani haqidagi ma’lumot isbotini topmadi.
Bunga o‘g‘li bilan uchrashgandan keyin da’vogarning o‘zi ham ishonch hosil qildi.
Izoh (0)