Samarqand viloyatining Jomboy tumani, Yerteshar qishlog‘idagi Olmazor mahallasida 6 oyoqli buzoq tug‘ildi. Bu haqda Isomiddin Po‘latov Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Xonadon egasi Husniddin Xo‘jayevning aytishicha, jonivor shu yilning 20-mart kuni dunyoga kelgan. Mustaqil harakatlana olmasa-da, hozircha ahvoli yaxshi.
Buzoqcha sun’iy yo‘l bilan oziqlantirilmoqda.
Bu O‘zbekistondagi shunga o‘xshash ilk holat emas: 2014-yilda Jizzaxda 5 oyoqli qo‘zichoq tug‘ilgandi.
Izoh (0)