Ashxobodda Made in Uzbekistan milliy sanoat ko‘rgazmasi ish boshladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Mazkur ko‘rgazma Turkmanistonda O‘zbekiston milliy sanoat mahsulotlari va investitsiyaviy salohiyatini namoyish etish, ushbu mamlakat kompaniyalari bilan tijoriy-sheriklik shartnomalari tuzish, ishbilarmon doiralarni yurtimizning ilmiy-ishlab chiqarish salohiyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi. Unda O‘zbekistonning barcha hududlaridan 100 dan ortiq yirik sanoat korxonalari va tadbirkorlar ishtirok etmoqda.
Ikki blokdan iborat yarmarka pavilonlarida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan keng turdagi sanoat mahsulotlari, jumladan, to‘qimachilik, oziq-ovqat, charm-poyabzal, maishiy texnika, qurilish mollari va boshqa mahsulotlar namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston va Turkmaniston ishbilarmon doiralarining biznes-forumini tashkil etish rejalashtirilgan. Uning doirasida qiymati bir necha million dollarga teng eksport shartnomalari imzolanishi mo‘ljallanmoqda.
Izoh (0)