O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-mart kuni Pokiston prezidenti Mamnun Husaynni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.
Pokistonda mustaqillik kuni 1956-yildan buyon nishonlanib kelinayotgan milliy bayram hisoblanadi.
1956-yilning 23-mart sanasida Pokiston dominioni (1947-yilgacha Britaniya imperiyasiga kirgan, formal jihatdan mustaqil bo‘lgan davlat) Islom respublikasiga aylangan. O‘shandan buyon 23-mart sanasida Pokistonning mustaqil musulmon davlatga aylangani nishonlab kelinadi.
Izoh (0)