O‘zbekistonlik ilk sayyohlar guruhi Tojikistonga keldi. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.
Dushanbe aeroportida 15 kishidan iborat guruhni mamlakat turizm kompaniyalari vakillari gullar bilan kutib oldi.
“Do‘sti” maydonidagi Ismoil Somoniy haykali oldida “Salom, Tojikiston” tadbiri o‘tkazildi.
Tojikiston turizmni rivojlantirish qo‘mitasiga ko‘ra, mamlakatga kelgan o‘zbekistonliklarning aksariyati mahalliy sanatoriylarda dam olish istagini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 19-martdan boshlab O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida 30 kungacha vizasiz kirib-chiqish tartibi kuchga kirdi.
Izoh (0)