Keniyada dunyodagi eng so‘nggi erkak oq shimol karkidoni o‘ldi. Ol-Pejet qo‘riqxonasi xodimlari Sudan laqabli karkidonni ikki haftadan buyon ahvoli og‘irlashib qolgani sababli maxsus vositalar yordamida hayotini to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Dunyoda ikkita urg‘ochi oq karkidon — Najin va Fatu qoldi. Ular ham Keniyadagi qo‘riqxonada muhofaza ostida turibdi. 2015-yilda amalga oshirilgan urinishlardan so‘ng ular tabiiy ravishda urug‘lana olmasligi ma’lum bo‘lgan. Ehtimoliy sun’iy urug‘lantirish uchun o‘lgan erkak karkidonning DNKsi muzlatilgan holda saqlab qo‘yilgan.Mavzuga doir
×
Izoh (0)