AQSh prezidenti Donald Trampning kelini Vanessa Tramp turmush o‘rtog‘i Donald Tarmp kichkina bilan ajrashish uchun sudga murojaat qildi, deb xabar beradi Page Six.
Ajrashish tashabbusi aynan 40 yoshli Vanessadan chiqqan. U 15-mart kuni Manxettendagi sudga ariza bergan.
Er-xotinning o‘zaro roziligi bilan ajrashish jarayoni boshlangan.
Donald Tramp kichkina va Vanessa 2005-yilning noyabr oyida turmush qurgan edi.
Oilaga yaqin manbalarning ma’lum qilishicha, Donald so‘nggi paytlarda asosiy vaqtini sayohatlarda o‘tkazar, ko‘pincha rafiqasini bolalar bilan yolg‘iz qoldirar edi. Shaxsiy munosabatlarda boshqa muammolar ham bo‘lgan.
Izoh (0)