AQShda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ko‘p farzandli ota Toniga farzandining davolanishi uchun pul to‘plashga yordam berdi. Bunga uning tasodifiy xabarga javob qaytarib, kutilmaganda mashhur bo‘lib ketganligi sabab bo‘ldi, deb yozadi Bored Panda.
Mart oyi boshida amerikalik qiz yangi libosdagi suratini yanglishib Toniga yubordi. Bunga javoban Toni qizning tanlovini maqtab, unga surat ham ilova qildi. Unda Tonining besh nafar farzandi katta barmog‘ini yuqoriga ko‘tarib suratga tushgan edi.
Bu qiziqarli voqea tarmoqda tezda ommalashib ketdi, notanish kishilarning yozishmasi esa minglab “layk” to‘pladi.
Birozdan so‘ng yozishmaga izohlarda @-Hedge nikli foydalanuvchi Tonining Kayzler ismli oltinchi farzandi oqqon xastaligidan davolanayotganligi uchun suratga tushmaganligini ma’lum qildi. Postga xayr-ehsonlar uchun ochilgan sahifa ham ilova qilindi.
Bunga befarq bo‘lmagan kishilar sanoqli kunlar ichida Kayzlerning davolanishi uchun 30 ming dollardan ortiq mablag‘ xayriya qildi. Tonining so‘zlariga qaraganda, uning o‘g‘li bir yildan ortiq vaqtdan buyon davolanmoqda.
Izoh (0)