9-mart kuni Kaliforniyadagi qariyalar uyiga noma’lum shaxs bostirib kirib, uch kishini asirga olgan. “Gazeta.ru”ning xabar berishicha, jinoyatchi va u asirlikka olgan fuqarolar halok bo‘lgan.
Noxush hodisa shtatning Yantvill shahrida sodir bo‘lgan. Politsiya binoga kirishni ta’minlaydigan barcha yo‘llarni o‘z nazorati ostiga olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zirhli nimcha kiyib olib, avtomat ko‘targan erkak binoga bostirib kirgan.
Ta’kidlanicha, mazkur qariyalar uyi AQShdagi eng yirik shu turdagi muassasa hisoblanadi, u yerda mingga yaqin odam istiqomat qiladi.
Izoh (0)