Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida zafar quchgan O‘zbekiston termasi mart oyining so‘nggi 10 kunligida 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi, unda raqib Saudiya Arabistoni termasi bo‘lishi aytilgandi.

Foto: O‘FA

Foto: O‘FA

O‘FA matbuot xizmati Andijon va Farg‘onadagi stadionlarda o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yiniga saudiyaliklar kelmasligini ma’lum qildi. Uning o‘rniga Keniya termasiga qarshi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Tomonlar 23-mart kuni Andijonda, 26-mart kuni esa Farg‘onada kurash olib boradi.

O‘zbekiston Osiyoda tengsiz ekanini isbotlab bo‘ldi. Shuning uchun biz yanada kuchliroq raqibga qarshi maydonga tushishga qaror qildik. Raqib jiddiy bo‘lsa, tayyorgarlik yaxshiroq bo‘ladi. Axir Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoa oldiga Tokio—2020 Olimpiadasida ishtirok etish vazifasi bo‘ladi.

Afrikaliklar jismonan kuchli. Baquvvat futbolchilarga qarshi maydonga chiqish ancha qiziq bo‘ladi. O‘yinni ham muxlislar uchun qulay vaqtga belgiladik.

Umid Ahmadjonov, O‘FA birinchi vitse-prezidenti

Uchrashuvlar 20:00 da start oladi. Avvalroq Umid Ahmadjonov vodiylik futbol muxlislari uchun xalqaro o‘yin o‘tkazilishi borasida va’da berib o‘tgandi.

Ravshan Haydarov jamoasi shu yilning avgust oyida Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo O‘yinlarida ham ishtirok etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston qonunchiligida 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?
Dunyo
Putin Rossiya tashqi siyosatining yangi konsepsiyasini tasdiqladi
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi