O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirovning o‘g‘li — Alisher Qodirov qidiruvga berildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar qildi.
IIV ma’lumotlariga ko‘ra, Alisher Qodirovga (1979-yilda tug‘ilgan) nisbatan O‘zbekiston Respublikasining quyidagi moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan:
- 165-modda 2-qismi “a” bandi — tovlamachilik, takroran yoki xavfli retsidivst tomonidan;
- 165-modda 3-qismi “a” bandi — juda ko‘p miqdordagi tovlamachilik;
- 168-modda 3-qism “a” bandi — firibgarlik;
- 168-modda 4-qism “a” bandi — juda ko‘p miqdorda firibgarlik.
Izoh (0)