Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on O‘zbekistonga shu yil may oyida kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.
“Tashrif may oyiga mo‘ljallangan. Tomonlarda o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish uchun ulkan istiqbollar mavjud, — dedi O‘zbekistonda bo‘lib turgan Turkiya Buyuk millat majlisi xalqaro masalalar qo‘mitasi a’zosi, “Turkiya — O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Haydar Ali Yildiz.
Tomonlar tashrif davomida savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi keng doiradagi masalalar, shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi chog‘ida imzolangan kelishuvlarning amalga oshirilishini muhokama qilishi ko‘zda tutilmoqda.
Erdo‘g‘onning O‘zbekistonga tashrifi kun tartibiga oid masalalar savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning bo‘lajak yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.
Izoh (0)