Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

14—15-mart kunlari O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda “A2 Digital” MChJ hamkorligida “Innovatsion texnologiyalarning yangi qirralari” shiori ostida O‘zbekistonda ilk bor birinchi xalqaro matbaa forumi bo‘lib o‘tadi. 6-mart kuni ushbu forumning rasmiy veb-sayti ishga tushdi. Bu haqda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi xabar bermoqda.

Foto: “Ipforum.uz”

Foto: “Ipforum.uz”

Forumda Amerika Qo‘shma Shtatlari, Rossiya, Germaniya, Isroil, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlaridan yirik matbaa korxonalarining vakillari ishtirok etadi.

Forum doirasida O‘zbekistonda matbaachilik sohasiga tatbiq etilgan innovatsion texnologiyalar va erishilgan natijalar, sohaning istiboldagi rivojlanish tendensiyalari xususida nazariy va amaliy muloqotlar, taqdimotlar va uchrashuvlar tashkil etiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda