2-mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida Xitoy elchisi Tsyan Yang bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralarda O‘zbekiston – Xitoy munosabatlarining dolzarb jihatlari, jumladan, hozirda Xitoy raislik qilayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda ta’lim sohasida ikki tomonlama hamkorlik, avvalo kadrlar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)