Kriptovalyuta va blokcheyn nafaqat bank tizimi, balki butun iqtisodiyotning rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi bosh direktori Saydullo Abdullayev aytib o‘tdi, deb yozadi Spot.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “eskicha” ishlaydigan banklar tez orada ishsiz qoladi, chunki raqamlashtirishga tayyor bo‘lgan kompaniyalar oldinga chiqadi.
Shuningdek, ta’kidlanishicha, blokcheyndan turlicha va turli maqsadlarda foydalanish mumkin, ammo banklar yangi bank mahsulotlarini yaratish imkonini beruvchi ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash uchun joriy qilishi kerak.
Abdullayev ko‘plab mamlakatlarda kriptovalyutalar taqiqlanganligini, ammo shunga qaramay, Angliya yoki Yaponiyada o‘z kriptovalyutalarini yaratish imkoniyati ko‘rib chiqilayotganini eslatdi. U kelajak ushbu tendensiya tomonida ekanligini qayd etdi.
Izoh (0)