2-mart kuni Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi Superliganing ilk turi doirasida “So‘g‘diyona”ni qabul qiladi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, muxlislarni stadionga chorlash uchun o‘yin oldidan shou-dastur o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Tanaffus vaqtida esa muxlislar o‘rtasida sovrinli ijtimoiy aksiya o‘tkaziladi. Unga ko‘ra, omadli chipta egalari futbol to‘plari va o‘rtaga qo‘yilgan 3 ta televizordan birini yutib olish imkoniga ega bo‘ladi.
“Paxtakor” — “So‘g‘diyona” o‘yini 20:00 da start oladi. Mazkur jamoalar bungacha o‘zaro 44 bor to‘qnash kelgan bo‘lib, shularning 4 tasida jizzaxlik futbolchilar zafar quchgan va 4 ta o‘yinda g‘olibni aniqlashning imkoni bo‘lmagan. Qolgan barcha uchrashuvlar “Paxtakor”ning g‘alabasi bilan yakuniga yetgan.
https://www.youtube.com/watch?v=RJGQzHqX58c&feature=youtu.be
Izoh (0)