Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida “Cobalt olib beraman” deb 35 million so‘mni o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar berdi IIB matbuot xizmati.
Quyi Chirchiq tumanida yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan M.T. ismli fuqaro 1966-yilda tug‘ilgan ayolga “Cobalt olib beraman” deya uning 35 million so‘m miqdoridagi pulini olib, ularni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Quyi Chirchiq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan M.T. qo‘lga olingan va unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)