Olmaotadan 517 kilometr masofada, Tojikiston, Qirg‘iziston va Xitoy chegarasida zilzila qayd etildi, deb yozadi Kazakhstan Today.
Qozog‘iston seysmik tajriba-uslubiy ekspeditsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yil 15-fevral kuni Olmaota vaqti bilan 4:30 (Toshkent vaqti bilan 3:30)da zilzila qayd etildi. Epitsentr Olmaotadan 517 km janubi-g‘arbda Tojikiston, Qirg‘iziston va Xitoy chegarasida joylashgan. Zilzilaning energetik sinfi — 9,7. Magnitudasi — 4,1. Chuqurligi — 0 km.
14-fevral kuni Olmaota vaqti bilan 23:14 (Toshkent vaqti bilan 22:14)da Olmaotadan 378 km sharqda Xitoy hududida ham zilzila kuzatilgan, uning magnitudasi 4,5 ga teng bo‘lgan edi.
Izoh (0)