Namangan shahridagi I. Karimov ko‘chasida 10-fevral, soat 00.30da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
1981-yilda tug‘ilgan Sh.Ne’matullayev Spark rusumidagi avtomobilni boshqarayotib, viloyat IIB YHXB YPX inspektori A.Madaliyevning to‘xtash to‘g‘risidagi talabiga bo‘ysunmadi. Uni urib yuborib, voqea joyidan yashirinаdi.
A.Madaliyev jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. Ko‘rilgan choralar natijasida Sh.Ne’matullayev qo‘lga olindi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buxoro va Xorazm viloyatlarida ham shunday hodisalar qayd etilgandi.
Izoh (0)