Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining “Al-Vasl”ga qarshi o‘yinida Ikrom Aliboyev maydon markazidan turib gol urishga erishdi.
O‘zbekiston chempioni sifatida guruh bosqichidagi ishtirokini boshlagan “Lokomotiv” ilk turda Amirlik klubini qabul qildi. Bellashuvdagi birinchi gol yangi legioner — Nivaldo hisobiga yozilgan bo‘lsa, ikkinchi to‘pni Ikrom Aliboyev o‘z nomiga yozib qo‘ydi. To‘pni markazda to‘xtatib qolgan futbolchi, “Al-Vasl” darvozaboni oldinga chiqib ketganini ko‘rdi va to‘pni uning ustidan tashlab qo‘ydi.
Bu Chempionlar Ligasi 1-turining eng chiroyli goli bo‘lish uchun da’vogarlik qilishi shubhasiz. Aliboyev mavsum avvalida “Paxtakor” bilan shartnoma tuzgani aytilgan bo‘lib, keyinroq “temiryo‘lchilar” uni o‘z safida olib qolishga muvaffaq bo‘lgan va Ikrom bilan yangi — 2 yillik bitim tuzilgandi.
Izoh (0)