WSB musobaqasining qatorasiga uchinchi mavsumida ham kubaliklar bilan to‘qnash kelgan Uzbek Tigers navbatdagi mag‘lubiyatga imzo chekdi.
WSB. Uzbek Tigers yoshartirilgan tarkib bilan “qo‘rqinchli Kuba”ga yo‘l oldi. Raqib — Cuba Domadores
Besh nafar bokschi bilan safarga jo‘nab ketgan Uzbek Tigers safidagi barcha charm qo‘lqop ustalari mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Bunda tarkib deyarli yangi ko‘rinish olgandi. Tajribali sportchi Bahodir Jalolovgina raqibi bilan nisbatan tengroq jang o‘tkazdi. Qolgan bokschilar esa o‘z imkoniyati darajasida jang qila olmadi.Cuba Domadores ikki yil avval yarim finalda va o‘tgan mavsum chorak finalda Uzbek Tigers ustidan o‘z ringlarida 5:0 hisobida ustun kelgandi. Bu safar ham o‘sha holat takrorlandi. Kubaga C2 a’zolari jo‘nab ketgan bo‘lsa, C1 vakillari 27-fevral kuni Termiz shahrida o‘zaro to‘qnash keladi. O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari javob janglarida mag‘lubiyat alamini olishga urinib ko‘radi.
Qayd etish kerak, kubaliklar bungacha Kolumbiya jamoa ustidan ham 5:0 hisobida zafar quchgandi. 3 ta jangda 3:0 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, yana 2 tasida kolumbiyalik bokschilar nokautga uchragandi.
Cuba Domadores jamoasi Uzbek Tigers bilan to‘qnashuv oldidan kolumbiyalik bokschilarni “savaladi” — 5:0
Shu tariqa Cuba Domadores guruhda yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. O‘zbekiston jamoasi esa ikkinchi yo‘llanma uchun asosiy da’vogar hisoblanadi.Cuba Domadores — Uzbek Tigers 5:0
-52kg: Yozbani Viyeta — Xudoynazar Fayzov 3:0-60kg: Lazario Alvares Estrada — Shunqor Abdurasulov 3:0
-69kg: Roniyel Iglesias — Mahmud G‘oipov 3:0
-81kg: Xulio la Kruz — Madiyor Saidrahimov 3:0
+91kg: Xose Larduyet Gomes — Bahodir Jalolov 2:1
Izoh (0)