Turkiya harbiy samolyotlari Suriyaning Afrin tumanida biroz tanaffusdan so‘ng yana bombardimonlarni boshladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Havo hujumi 9-fevral, jumaga o‘tar kechasi boshlandi va sutka mobaynida davom etdi.
Turk OAVlariga ko‘ra, operatsiya chog‘ida aviatsiya kurd tuzilmalari va IShID jangarilarining 19 ta obyektini yo‘q qildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)