Yig‘layotgan bolani yupatishning eng oson yo‘llari
Yosh bolaning “namunali chiqishlari”dan hatto eng sabrli ota-onalar ham charchaydi. Bizning g‘oyalarimizdan foydalaning — mana ko‘rasiz, vaqt o‘tishi bilan bola sizning vazminligingizni ko‘rib, “tomosha” ko‘rsatishdan to‘xtaydi.
“Ko‘z yoshlarini chiniqtiramiz”
Bola yig‘layaptimi? Unga xalal bermang va to‘xtatishga urinmang, jarayonni qiyinlashtirib yuborasiz. Masalan, undan past ovozda yig‘lashni iltimos qiling (aks holda “qo‘shnilar yugurib keladi”, “mushuk qo‘rqadi”). Go‘dakni chalg‘itish uchun shaxsiy o‘rnak ko‘rsatishingiz mumkin. Va bola vazifani bajarishga harakat qilguncha uning jazavasi ham tamom bo‘ladi.
“Kim bu?”
Uyda ham, ko‘chada ham bir xilda ijobiy samara beruvchi universal usul. Bola yig‘lashni endigina boshlamoqchi bo‘lganda mushuknikidek yoki qushlardek ovoz chiqaring va “Kim bu? Uni izlaymizmi?” deb ayting. Va ularni izlashga kirishing.
“Diqqatni narsalarga qaratish”
Bola yig‘layotganda, ma’lumotlarni qabul qilishning asosiy yo‘llarini qo‘llab uning diqqatini chalg‘itish kerak. Eng oddiysi — nigohni qo‘llash: “qara, anavi uzoqdagi katta yashil narsa nima”, “e, qor ustidagi bu izlar kimniki”, “qara, yulduz uchgandek bo‘ldi” — bu vaziyatda ko‘zingiz nimaga tushsa, o‘sha narsani qo‘llashingiz kerak bo‘ladi.
“Razvedkachilar”
Bolaning eshitish qobiliyatini qo‘llab ko‘rish ham mumkin. Uning diqqatini boshqa tovushlarga qaratishga harakat qiling: “Eshityapsanmi, qushlar gaplashayotganga o‘xshaydi”, “Jim, kimdir taqillatyapti — balki Qorbobodir?” — bu yo‘nalishda cheksiz xayolparastlikka berilish mumkin!
“Kichkinalardek”
Bolalik xarxashasi paytlarida bolaga qiziqtiruvchi ovozda, lekin mehribonlik bilan ayting: “Endi sen chaqaloq bo‘lasan, maylimi?”. Va u bu nimani bildirishini anglaguncha, o‘zingizning “ko‘z yoshlariga qarshi dasturingizni” boshlang . Farzandingizga xuddi chaqaloqdek muomalada bo‘ling: uni yo‘rgaklayotgandek qilib ko‘rsating, “kichkitoyim” deb erkalang, boshini silang — mana ko‘rasiz, ikkalangiz ham xursand bo‘lasizlar.
Izoh (0)