2018-yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston hududidan Qirg‘iziston temir yo‘llari janubiy bo‘linmasi yo‘nalishida va qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanuvchi barcha turdagi yuklarni tranzit yo‘nalishida tashish bo‘yicha MDH davlatlari temir yo‘llari tarif siyosati amaldagi stavkalariga arzonlashtiruvchi koeffitsiyentlar belgilandi. Bu haqda Qirg‘iziston transport va yo‘llar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi Uz24.
Toshkentda 2017-yilning 25—26-dekabr kunlari ikki tomonlama formatda o‘tkazilgan uchrashuvda barcha turdagi tashiluvchi yuklar, jumladan O‘zbekiston temir yo‘llari tomonidan neft tashuvchi yuklarni Qirg‘iziston janubiga va qarama-qarshi yo‘nalishda tranzit bo‘yicha tashishga sezilarli chegirmalar taqdim etish masalasi ijobiy hal etilganligi ta’kidlandi.
Erishilgan kelishuvga muvofiq, barcha turdagi yuklarni tashish uchun 0,80, 300 ming tonnadan oshuvchi barcha yuklar uchun 0,80 o‘rniga 0,70 miqdoridagi arzonlashtiruvchi koeffitsiyentlar belgilandi.
Izoh (0)