AQSh yadro potensialini modernizatsiya qilish davomida unga va ittifoqchilariga nisbatan har qanday hujumni tiyib turishga qodir kuchga ega bo‘ladi. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens 8-fevral, payshanba kuni Amerika HHKning Yaponiyaning Iokota shahridagi bazasida chiqish qila turib ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Yadro potensialini modernizatsiya qilish davomida o‘z strategiyamizni yanada moslashuvchan qilamiz, millatimiz, xalqimiz va butun dunyo bo‘ylab ittifoqchilarimizga nisbatan har qanday strategik hujumni tiyib turishga qodir yadro kuchiga ega bo‘lamiz, bunga ishonchingiz komil bo‘lsin”, — dedi Pens harbiy xizmatchilar oldidagi chiqishida.
“Iokota aviabazasi harbiy xizmatchilarining barchasiga rahmat! Siz, Tinch okeani mintaqasidagi asos kuchsiz”, — dedi Pens.
Izoh (0)