Vashington raketa-yadro dasturini to‘xtatish maqsadida Pxenyanga nisbatan keskin iqtisodiy sanksiyalarning yangi paketini tayyorlamoqda. Bu haqda 7-fevral, chorshanba kuni AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan muzokaralar yakuniga ko‘ra ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“AQSh yaqin vaqt ichida KXDRga nisbatan eng keskin va agressiv iqtisodiy sanksiyalar seriyasini e’lon qiladi. U yadro quroli va ballistik raketalar ishlab chiqish bo‘yicha dasturlaridan voz kechgunga qadar uni yakkalab qo‘yishda davom etamiz”, — dedi Pens.
U Vashington va uning ittifoqdoshlari, jumladan, Tokio Koreya yarimorolini yadroviy qurolsizlantirishga erishish uchun Shimoliy Koreyaga maksimal bosim o‘tkazishda davom etishini ta’kidladi.
Izoh (0)