O‘zbekiston Qurolli kuchlariga tunda ko‘rish qurilmalari 2017-yilning oxirida Qozog‘istonning “KAE” MChJ tomonidan yetkazib berilgan. Bu haqda “Qozog‘iston injiniring” AJ matbuot xizmatiga ma’lum qildi, deb xabar beradi UZ24.
Mazkur zavod o‘zining elektron-optik mahsulotlarini o‘tgan yilning sentabrida Toshkentda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston — Qozog‘iston: hamkorlikning yangi bosqichi” sanoat ko‘rgazmasida namoyish etgandi.
Natijada ikki tomonlama kelishuvga erishilgan. Qozog‘istonning tunda ko‘rish qurilmalari tegishli sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan.
Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston bugungi kunda eksport mahsulotlarini kengaytirishga qiziqish bildirmoqda.
Izoh (0)