Rustam Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisligidan olinib, uning o‘rniga shu paytgacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori vazifasida ishlab kelgan Ixtiyor Abdullayev tayinlandi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar qildi.
General-polkovnik Rustam Inoyatov 1995-yil yozidan buyon uzluksiz ravishda O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ixtiyor Abdullayev 2015-yil 20-apreldan buyon respublika Bosh prokurori sifatida ishlab kelayotgan edi.
MXX tuzilmasida yana bir qator tayinlovlar ro‘y berishi kutilmoqda.
Izoh (0)