Pokistonda tibbiyot kolleji talabasi o‘limi oldidan qotilining ismini oshkor qilgan video matbuot qo‘liga tushdi, deb yozadi “MK.ru”.
The Daily Mail’ning ma’lum qilishicha, uchinchi kurs talabasini avvalroq unga sovchi qo‘ygan, biroq rad javobini olgan erkak o‘ldirgan.
Qizga o‘tgan shanba, 27-yanvar kuni o‘z uyi ostonasida uch marta o‘q uzishgan. U o‘limi oldidan unga o‘q uzganning ismini aytgan — Mujaxidulloh Afridiy. Tegishli video matbuot qo‘liga tushdi. Biroz vaqtdan so‘ng qiz olgan jarohatlari oqibatida halok bo‘lgan.
OAVlar ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi Tehrik-e-Insof partiyasi hududiy bo‘linmasi rahbarining jiyanidir. Qotil hozircha qo‘lga olinmagan.
Izoh (0)