AQSh boshqa mamlakatlar kabi KXDRni hech qachon yadro davlati sifatida tan olmaydi. Bu haqda Pentagon rahbari Jeyms Mettis 24-yanvar, chorshanba kuni jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Muxbirlar nega AQShning boshqa ma’muriyatlari Pokiston yoki Hindistonni yadro davlati sifatida tan olganligi, hozir esa Vashington bu masalada Shimoliy Koreyaga nisbatan murosasiz pozitsiyani egallaganligiga qiziqdi. Mettis KXDR bilan bog‘liq vaziyat Pxenyan BMT sanksiyalarini buzayotganligi bilan farqlanishini ma’lum qildi.
“BMTning barcha mamlakatlari yagona pozitsiyani egallagan: xalqaro hamjamiyatning hech bir a’zosi Shimoliy Koreya yadro salohiyatiga ega bo‘lishini istamaydi, — davom etdi u. — AQSh, Koreya Respublikasi, Xitoy va Rossiya Federatsiyasi pozitsiyasi shunday. Bu xalqaro hamjamiyat yadro qurolining paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan joy emas”.
Izoh (0)